

Texnologiya odamning tanasi ham, taqdiri ham osongina o‘zgartirilib ketadigan dahshatli darajaga yetgan shahar — Nayt Sitida hech kim xavfsiz emas. Bu shafqatsiz metropolning tubida yashayotgan oddiy yigit hayotning og‘riqli sinovlariga duch kelgach, o‘z yo‘lini tanlashga majbur bo‘ladi. Kuchli implantlar, qonun tan olmaydigan guruhlar, davlatdan ham kuchli korporatsiyalar va doimiy o‘lim havfi uning hayotini tobora qorong‘u yo‘lga boshlaydi. Ammo shu jarayonda u orzu qilgan erkinlik, sevgi va bir-biriga tayanadigan jamoaning naqadar qimmat ekanini ham anglaydi. Har bir qarorida xavf, har bir jangida iztirob, lekin shu bilan birga tomoshabinni o‘ziga tortib turadigan ulkan hayotiy kuch ham bor ⚡️🖤